Maktablarda tadbirlar o’tkazildi

109–umumiy o’rta ta’lim muassasalarida «so’nggi qo’ng’iroq» tadbirlarini joriy yilning 25-may kuni ertalabki soat 8:00 da «mening maktabim – mening uyim» shiori ostida tashkil etildi– tadbirni faqatgina 1 – va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomiylikda o’tkazildi. Tadbirda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o’tishini ta’minlash maqsadida joylardagi maxalla qo’mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etdi. Maktab direktori Imomalieva G.G. tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so’nggi yillarda erishilgan yutuklar, amalga oshirilgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi isloxotlar to’grisida aniq raqam va dalillar keltirilgan xolda ma’lumot berildi, xamda Prezidentimiz tabriklari o’qib eshitirildi.

Tadbirga maktab direktori Imomalieva G. G. faxriyaliklar, otalar va bolalar, kasaba tashkilotlari vakillari, mahallalar, shuningdek, tadbirga taklif etilgan maktab a’zolari taklif etildi. Ular Tadbirda yil davomida namunali hulq va a’lo baholarga o’qib, eng yuqori reyting ko’rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar, ularning ustozlari va ota-onalari turli xil nominasiyalar bilan taqdirlandi.

 

Tadbir davomida 109-maktab direktori va o’qituvchilari maktab o’quvchilarining ta’lim tarbiyasida berilgan ulkan yordamimiz, kadrlar saloxitini hamda maktab ta’lim sifatini oshirishda ko’rsatilgan ulkan tajriba hamda berayotgan maslaxatlar uchun 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi mudiri Nurillaeva N.M. va kafedra xodimlariga chuqur minnatdorchilik izhor etib tashakkurnoma bilan takdirlashdi.

Previous Article
Next Article

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.