Kafedra jamoasi

 

 

NURILLАEVА NАRGIZА MUXTАRXАNOVNА

2011 yildan buyon Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor. Umumiy ish staji – 33 yil, pedagogik ish staji – 29 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. 2002 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Surunkali yurak yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarda lipoperekislik jarayonlarini korrektsiya qilish» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2015 yilda shu yoʼnalish boʼyicha «Birlamchi tibbiy-sanitariya boʼgʼinida yurak ishemik kasalligi xavf omillarining koʼp omilli profilaktikasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʼlgan. 2006 yilda dotsent, 2023 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor boʼlgan. Ilmiy faoliyati davomida 250 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 10 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda 20 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir. Ilmiy rahbarligi ostida 10 nafar izlanuvchi fan nomzodi va doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.


 

NURITDINOVА NIGORА BАTIROVNА

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. Umumiy ish staji – 29 yil. Pedagogik ish staji – 22 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, klinik farmakologiya. 2003 yilda 14.00.42 – «Klinik farmakologiya» ixtisosligi boʼyicha «Surunkali yurak yetishmovchiligida endoteliy disfunktsiyasi va chap qorincha remodellanishi hamda ularni nebivolol bilan korrektsiya qilish» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2010 yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʼlgan. Ilmiy faoliyati davomida 190 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 10 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


SHUKURDJАNOVА SURАYO MАXMUDOVNА

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. Umumiy ish staji – 33 yil. Pedagogik ish staji – 29 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. 2010 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Surunkali yurak yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarda neyrogumoralь regulyatsiyaga bisoprolol va karvedilolning taʼsiri» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2015 yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʼlgan. Ilmiy faoliyati davomida 230 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 10 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda 20 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


YARMUXАMEDOVА DILFUZА ZАIROVNА

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. Umumiy ish staji – 37 yil. Pedagogik ish staji – 36 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. 2012 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Poliklinika sharoitida arterial gipertenziyali bemorlarni davolashga yondashuv» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2023 yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʼlgan. Ilmiy faoliyati davomida 150 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 5 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda 10 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


ZUBАYDULLАEVА MАQSUDА TURАBJАNOVNА

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. Umumiy ish staji – 37 yil. Pedagogik ish staji – 29 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, klinik farmakologiya.2000 yilda 14.00.42 – «Klinik farmakologiya» ixtisosligi boʼyicha «Jigar sirrozi bilan ogʼrigan bemorlarda qon zardobi oqsil spektri va alьbuminning izoelektrik differentsiatsiyasi» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2019 yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʼlgan. Ilmiy faoliyati davomida 190 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 10 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


 

SHАOLIMOVА ZULFIYA MIRАBIDOVNА

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. Umumiy ish staji – 27 yil. Pedagogik ish staji – 23 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: ichki kasalliklar, kardiologiya.2008 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Surunkali yurak yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarda endoteliy disfunktsiyasiga karvedilol va bisoprololning taʼsiri» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2019 yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʼlgan.Ilmiy faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 6 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda 10 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


МАХМУДОВА МУНИРА САЙФИЕВНА

MАXMUDOVА MUNIRА SАFEEVNА

Kafedra katta oʼqituvchisi. Umumiy ish staji – 33 yil. Pedagogik ish staji – 15 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar. 2007 yilda 14.00.05 – «Ichki kasalliklar» ixtisosligi boʼyicha «Osteoartrozda metabolik terapiya» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Ilmiy faoliyati davomida 160 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 10 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda 10 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


АBDUMАLIKOVА FERUZА BАXTIYAROVNА

Tibbiyot fanlari nomzodi, kafedra dotsenti. 2009 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini «Shifokorlik ishi» yoʼnalishi boʼyicha tamomlagan. 2009–2015 yillarda TTА ichki kasalliklar va klinik allergologiya kafedrasida «Kardiologiya» mutaxassisligi boʼyicha magistraturada tahsil olgan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʼlib, har yili respublika ilmiy-amaliy anjumanlari hamda TTА oʼquv-amaliy konferentsiyalarida maʼruzalar bilan faol ishtirok etadi. Oʼquv jarayoniga yangi taʼlim texnologiyalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya usullarini joriy etishda faol ishtirok etadi. Shu maqsadda 2016 yilda АndMIda «Ochiq darslarni oʼtkazishning zamonaviy usullari» mavzusida master-klass, 2017 yilda esa innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ingliz tilida ochiq dars oʼtkazgan. 2016 yildan buyon «Birlamchi tibbiy-sanitar yordam bosqichida dori vositalarini ratsional qoʼllash usullarini takomillashtirish» mavzusida yoshlar grant loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Talabalarning muammoga yoʼnaltirilgan taʼlim tizimi boʼyicha taʼlim jarayoni uchun masʼul hisoblanadi.


QODIROVА NАRGIZА АBDUMUXTАROVNА

Kafedra PhD, assistenti. Umumiy ish staji – 8 yil. Pedagogik ish staji – 8 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. 2022 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Yurak ishemik kasalligi rivojlanishida plazminogen faolligining ingibitori va aktivatorining klinik-diagnostik ahamiyati va ularni korrektsiya qilish yoʼllari» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 2 tasi oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalardir.


XАLMUXАMEDOV BOBIR TOXIROVICH

Kafedra assistenti. Umumiy ish staji – 13 yil. Pedagogik ish staji – 11 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. Hozirgi kunda mustaqil ilmiy izlanuvchi sifatida faoliyat olib boradi va 13.00.02 – «Tarbiyai nazariyasi va metodikasi (tibbiy fanlar boʼyicha)» ixtisosligi boʼyicha «Boʼlajak oilaviy shifokorlarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish uchun didaktik tizimni takomillashtirish» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 2 tasi oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalardir.


  

RАDJАBOVА RАNO SHАVKАTOVNА

Kafedra PhD, assistenti. Umumiy ish staji – 9 yil. Pedagogik ish staji – 8 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. 2024 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Yurak ishemik kasalligi boʼlgan bemorlarda jismoniy faollikni oshirishning differentsiallashtirilgan noinvaziv usuli» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 5 dan ziyod oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar hamda 10 dan ortiq xorijiy va Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir.


 

ZАKIROVА MUBORАXON BOBIR QIZI

Kafedra PhD, assistenti. Umumiy mehnat staji – 4 yil. Pedagogik staji – 3 yil. Mutaxassisligi: kardiologiya. 2024 yilda 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha «Yurak ishemik kasalligi boʼlgan bemorlarda endogen fibrinoliz omillarining klinik-diagnostik jihatlari» mavzusida dissertatsiyani himoya qilib, tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʼlib, shulardan 1 ta oʼquv va oʼquv-uslubiy qoʼllanma hamda 8 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan maqolalar muallifidir. IELTS sertifikatiga ega.


ХАЙДАРОВ ЖАХОНГИР ГУЛОМ УГЛИ

XАYDАROV JАXONGIR G’ULOM OʼGʼLI

Kafedra assistenti. Umumiy mehnat staji – 5 yil. Pedagogik staji – 2 yil. Mutaxassisligi: kardiologiya. 2024 yilda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilingan. Faoliyati davomida 2 ta tezis va 5 ta ilmiy maqola chop etgan.


KURBONOVА SHOXISTА TOJIDDIN QIZI

Kafedra assistenti. Umumiy mehnat staji – 5 yil. Pedagogik staji – 2 yil. Mutaxassisligi: kardiologiya. 2022 yildan hozirgacha Toshkent tibbiyot universiteti koʼp tarmoqli klinikasining konsulьtativ poliklinikasida vrach-kardiolog sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024 yilda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va profilaktik tibbiyot asoslari kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilingan. Faoliyati davomida 2 ta tezis va 2 ta ilmiy maqola chop etgan.


SАLOMOVА FERUZА ERKINOVNА

Kafedra PhD, assistenti. 2004–2011 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi. 2011–2014 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan. 2016–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi №1 Markaziy klinik shifoxonada vrach-kardiolog sifatida faoliyat yuritgan. 2021–2022 yillarda Toshkent davlat stomatologiya institutining №2 shifokorlik yoʼnalishi kafedrasi assistenti, 2022–2024 yillarda esa ushbu institutning ichki kasalliklar kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 2024 yil 7–13 yanvarь kunlari АQSh–Аvstriya fondining OMI pulьmonologiya boʼyicha seminari grantini qoʼlga kiritgan. 25 tadan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʼlib, ular orasida xalqaro ilmiy nashrlar ham mavjud.


TOLIBJONOV DILMUROD TOLIBJONOVICh

Kafedra assistenti. Umumiy ish staji – 6 yil. Pedagogik ish staji – 1,5 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, kardiologiya, funktsional diagnostika. 2019 yilda Аndijon davlat tibbiyot universitetini «Shifokorlik ishi» yoʼnalishi boʼyicha bakalavr darajasida tamomlagan. 2022 yilda Toshkent vrachlarni takomillashtirish institutida «Kardiologiya va gerontologiya» mutaxassisligi boʼyicha klinik ordinaturani yakunlagan. 2023 yil 1 aprelda «Terapiya va kardiologiyada funktsional diagnostika» yoʼnalishi boʼyicha ixtisoslashuv kursini tugatgan. 10 ga yaqin ilmiy va oʼquv-uslubiy ishlar, jumladan bir nechta xalqaro nashrlar muallifi. Ilmiy tadqiqotlarining asosiy yoʼnalishlari yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek funktsional diagnostikaning zamonaviy usullarini klinik amaliyotga joriy etish bilan bogʼliq.


 

MАXMUDOVА UMIDА RАXMАTXODJАEVNА

Kafedra assistenti. Umumiy ish staji – 4 yil. Pedagogik ish staji – 2 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiyot, ichki kasalliklar, kardiologiya. Faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy va oʼquv nashrlar muallifi boʼlib, shulardan 1 ta monografiya, 1 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma va 8 dan ortiq mahalliy hamda xalqaro ilmiy maqolalar muallifidir.


YULDASHEV FARRUX SHUXRATOVICH

Kafedra assistenti. Umumiy mehnat staji – 6 yil. Pedagogik staji – 1 yil. Mutaxassisligi: kardiologiya. 2025 yilda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va profilaktik tibbiyot asoslari kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilingan. Faoliyati davomida 1 ta tezis va 2 ta ilmiy maqola chop etgan.


SHUKUROVA DILAFRUZ YUSUFOVNA

Kafedraning PhD assistenti. Umumiy ish staji – 15 yil. Pedagogik staji – 1 yil. Mutaxassislik yoʼnalishlari: oilaviy tibbiet, kardiologiya. 2025 yilda “Nazoratlanmagan arterial gipertenziyada arterioskleroz erta rivjlanishining xavf omillari va fiksatsiyalangan antigipertenziv prepatarlarning klinik samaradorligi” mavzusida 14.00.06 – «Kardiologiya» ixtisosligi boʼyicha PhD dissertatsiyasini ximoya qilgan va PhD darajasiga ega. Faoliyat davomida 5 ta ilmiy va oʼquv maxsulotlarni muallifi, shundan 2 tasi halqaro va Scopus maqolalarni muallifi

This post is also available in: Eng Рус