VEBINAR tashkil etildi
Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasida “Oila shifokori va oila hamshirasining huquqlari, burch-majburiyatlari” nomli vebinar tashkil etildi.
Vilnyus tibbiyot instituti professori Shtaras Kestutis va Vilnyus tibbiyot instituti boshqa professor o‘qituvchilari, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professorlari o‘qituvchilari, Kardiologiya yo‘nalishi magistratura talabalari,davolash fakulteti 6 kurs talabalari qatnashdilar.
Oila shifokori va oila hamshirasining tibbiyotdagi o‘rniga bagʼishlangan vebinarda dastlab 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi mudiri soʼzga chiqib, hozirda Respublikamiz boʼylab birlamchi tizimni rivojlantirishga qaratilgan ishlar haqida maʼlumot berdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash tizimidagi Oila shifokori va oila hamshirasining vazifalari va huquqlari haqida so‘z yuritdi.
Vebinar davomida Vilnyus tibbiyot instituti professori Shtaras Kestutis oʼzining “Oila shifokori va oila hamshirasining huquqlari, burch-majburiyatlari” nomli maʼruzasini oʼqidi va hozirgi kundagi butun dunyoda Oilaviy shifokorning huquqlari, burchlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan ishlar toʼgʼrisida to‘xtalib oʼtdi. Maʼruza soʼngida kafedra xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan savollar boʼyicha atroflicha muxakamalar oʼtkazildi.