«Oilaviy tibbiyot muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy аnjuman o‘tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi boshchiligida 19-may Butunjahon oilaviy shifokorlar kuniga bag’ishlab bugun 2024 yil 16 may kuni «Oilaviy tibbiyot muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy аnjuman o‘tkazildi. Anjumanda ichki kasalliklar va perventiv tibbiyotda  innovatsion rivojlanishining istiqbolli yo‘llarini aniqlash,  innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarini amalga oshirishning muammolari va yechimlari bo‘yicha yetakchi xorijiy olimlar bilan  o‘zaro fikr almashindi. Oilaviy shifokor amaliyotida profilaktikani olib boorish, aholi salomatligini yaxshilash masalalari ko’rib chiqildi.  Kafedraning yosh pedagoglarining ilmiy-amaliy yutuqlari taxlil va muhokama qilindi.

Anjumanda ilg’or xorijiy mutahassislar Zolotovskaya I.A, Shaskaya P.R., Gubareva I.V., Tinzagxti M.,(Rossiya), Zakarya Al-marrani( Yaman)  bilan professor N.M. Nurillayeva., kafedraning yosh pedagoglari Shoalimova Z.M, Xolmuxamedov B.T, Qodirova N.A va doktorantlar Abdumalikova F.B., Zokirova M.B., Axmedova D.T. lar ichki kasalliklar  profilaktikasi,  erta tashxislash, zamonaviy davolash bo‘yicha dolzarb muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

This post is also available in: Eng Рус

Previous Article
Next Article

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.