“Raqamli tibbiyotda innovatsion texnologiyalar” mavzusida o‘quv-uslubiy anjuman tashkil etildi
- Bugungi kunda mamlakatimizda teletibbiyot tizimining rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash sohasini raqamlashtirishdagi muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. «Teletibbiyot texnologiyalari» tushunchasiga aniqlik kiritilishi, ushbu texnologiyalaridan foydalanish mumkin bo’lgan tibbiy yordam turlarini belgilash hamda shu yo’nalishda shifokorlarimiz malakasini oshirish katta ahamiyat kasb etadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 06-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PF-6079-sonli farmonida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash va Toshkent tibbiyot akademiyasida raqamli tibbiyot mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv va ilmiy jarayonlarni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Malaka oshirish fakulteti 1son-Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent Tibbiyot akademiyasining 0668edo- sonli buyrug’i asosida 2023yil 17 noyabr kuni «Raqamli tibbiyotda innovatsion texnologiyalar» mavzusida O‘quv uslubiy anjuman o’tkazildi.
- Anjuman davomida O‘zbekiston sog’liqni saqlash tizimida raqamli tibbiyot bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, teletibbiyotning dolzarb muammolari haqida tajribali professor o‘qituvchilar va IT yo‘nalishidagi mutaxassislarning mulohazalari eshitildi;
- Shuningdek, Davolash fakultetining 6 kurs talabalari – bo‘lajak oilaviy shifokorlarga hamda magistr va ordinatorlarga interaktiv tarzda “Elektron poliklinika”, “Elektron statsionar” platformalarida ishlash tamoyillari ko‘rsatib o‘tildi, “Sun’iy intillekt” va zamonaviy tibbiyot texnologiya lari haqida ko‘rgazmali ma’ruzalar o’tkazildi.
assistent Xalmuxamedov B.T.
This post is also available in: Рус