Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi bosh o’quv binosi foydalanishga topshirildi
2023-2024 yangi o’quv yilida akademiyaning yangi rekonstruktsiya qilingan bosh o’quv binosi foydalanishga topshirildi. Binoning tantanali ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Abdurahmonov, Sog’liqni Saqlash Vaziri A.Inoyatov, shuningdek, tibbiyot muassasalari rahbarlari, professor-o’qituvchilar hamda 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi mudiri, professor Nurillayeva N.M, kafedra assistentlari Xalmuxamedov B.T, Rajabova R,Sh, To’rakulov B.H ishtirok etdilar.
Telemedisina yoki masofaviy tibbiyotga bag’ishlangan bo’limda talabalarga masofaviy tibbiy xizmat tizimida ishlash, elektron poliklinika va stasionar bo’limda esa elektron tizim orqali bemorni ro’yxatga olish, maslahat berish, kundalik holatidan xabar olish hamda elektron karta to’ldirish o’rgatib boriladi.